Joriy narsh
Butun dunyoda aksiyadorlar manfaatlarini ragʼbatlantirish va aksiyalar qiymatini oshirish uchun sogʼlom korporativ boshqaruvning oʼrni beqiyosdir. Shuning uchun, mamlakatimizdagi korporativ boshkaruvni ilgʼor tajribalar va soʼnggi tendensiyalar asosida takomillashtirish anjumanning asosiy gʼoyasi boʼlib hisoblanadi.
Mazkur xalqaro anjuman yirik ilmiy tadbir boʼlib, uni oʼtkazishdan koʼzlangan asosiy maqsad – 2022-2026 yillarga moʼljallangan Yangi Oʼzbekistonning taraqqiyot strategiyasida belgilangan maqsadli koʼrsatkichlarga erishish uchun milliy korporativ boshqaruv tizimini xalqaro standartlar asosida innovatsion rivojlantirish boʼyicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish, xalqaro va milliy ekspertlarning ilmiy gʼoyalar hamda ilmiy-amaliy tajriba almashinuvi platformasini yaratish hamda ilmiy asoslangan natijalarni keng jamoatchilikka yoyishdan iborat.
To'liq son
Asosiy ma'ruzachilar
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Korporativ boshqaruv kafedrasi boshchiligida 2023-yil 30-may kuni "Milliy korporativ boshqaruv tizimini xalqaro standartlar va zamonaviy ilg‘or amaliyot asosida innovatsion rivojlantirish istiqbollari" mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o'tkazilishi rejalashtirilgan.
Konferensiyada muhokama qilinadigan mavzular yo'nalishlari:
1. Milliy korporativ boshqaruv tizimini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish
2. Davlat ishtirokidagi korxonalarda korporativ boshqaruv samaradorligini oshirish
3. Moliya sektori tashkilotlarida korporativ boshqaruvni xalqaro tamoyillar asosida takomillashtirish
4. O‘zbekiston korxonalarida CSR (korporativ ijtimoiy mas'uliyat), ESG (ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv mezonlari) va SDG (barqaror rivojlanish maqsadlari) tamoyillarini joriy qilish
5. “Insonga e'tibor va sifatli ta'lim” yilida mamlakatni rivojlantirishning iqtisodiy – ijtimoiy masalalari.
Mazkur anjumanda ishtirok etishni xohlagan professor-o'qituvchilar, yosh olimlar, tadqiqotchilar va iqtidorli talabalar 2023-yil 25-mayga qadar tezislarni yo'nalishlar bo'yicha o‘zbek, rus yoki ingliz tillarida anjuman tahririyatiga elektron shaklda [email protected] manziliga yuborishingizni mumkin.
Ilmiy-amaliy anjuman ishida yetakchi xorijiy oliy ta'lim muassasalari, respublikamiz OTM va ilmiy tadqiqot muassasalarining professor-o'qituvchilari, mutaxassislari, ilmiy xodimlari, izlanuvchilari hamda iqtidorli talabalari qatnashishlari mumkin.
Anjuman to'plamiga kiritilgan va nashr qilingan har bir tezis Google Scholar bazasida indeksatsiya qilinadi, to'plam www.tsue.uz saytiga joylanadi.
Taqdim etiladigan tezislarni rasmiylashtirilishga qo'yilgan talablar:
Tezis mavzusi (Title)
Mavzu imkon qadar qisqa va lo‘nda ko‘rinishda shakllantirilgan bo‘lib, tezis tadqiqot yo‘nalishini aniq ifoda etishi lozim. U o‘zbek, rus hamda ingliz tillarida taqdim etilishi kerak.
Tezis muallifi to‘g‘risida ma'lumot (Author information)
Ushbu qismda muallifning ismi-sharifi (otasining ismi bilan), ish joyi va lavozimi, ilmiy darajasi va unvoni, elektron pochta manzili va bog‘lanish uchun telefon raqamlari kiritiladi.
Tezisning annotatsiyaci (Abstract)
Tezislarning qisqacha annotatsiyasi 3-5 qatordan oshmagan holda o‘zbek, rus va ingliz tillarida beriladi. Unda tadqiqot muammosi, uning dolzarbligi, tadqiqot muammosini ochib berish uchun qo‘llanilgan metodologiya, tadqiqot natijalari, muallifning ilmiy va amaliy hissasining qisqacha bayoni yoritiladi.
Tayanch iboralar (Key words)
Tayanch so‘zlar tezis mazmuni hamda maqsadini eng qisqa mazmunda ochib beruvchi kalit so‘zlar hisoblanadi. Scholar.google.com yoki google.com qidiruv tizimida tezis oson va eng birinchi sahifalarda topilishi uchun tayanch so‘zlarning har biri asosiy matn tarkibida o‘rtacha 6-8 marta takrorlanishi tavsiya etiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati (References)
Tezis tayyorlash uchun foydalanilgan barcha adabiyot va ilmiy maqolalarning ro‘yxati [1], [2] va [3] ketma-ketligida beriladi:
• mualliflar ismi-sharifi, kitob nomi, nashr manzili, nashriyot nomi, yili, betlari (adabiyot uchun);
• mualliflar ismi-sharifi, maqola nomi, jurnal nomi, nashri, yili, soni, betlari (maqola uchun).
Tezis matni
Matn “Times New Roman” shriftida, 14 kegelda bo‘lib, qatorlar oraliqlari masofasi 1 intervalda bo‘lishi lozim. Tezis matni sahifasining barcha (o‘ng, chap, yuqori va quyi) tomonidan 2 santimetrdan iborat masofa qoldiriladi. Tezisning minimal hajmi 3 betdan kam bo‘lmasligi hamda foydalanilgan adabiyotlar soni kamida 3-5 manbadan iborat bo‘lishi lozim.
Talablarga javob bermaydigan tezislar qabul qilinmaydi. Matnda foydalanilgan misol, ko'chirma va ma'lumotlar aniqligi uchun javobgarlik muallif zimmasida bo'ladi. Tashkiliy Qo'mita tanlovdan o'tmagan tezislarni mualliflarga qaytarish va izoh berish majburiyatini olmaydi.