OLIY TA’LIM MUASSASALARINI RAQAMLI TRANSFORMATSIYASINI AMALGA OSHIRISH
DOI:
https://doi.org/10.55439/yutsftim/559Kalit so‘zlar:
raqamli transformatsiya, raqamli transformatsiya tendentsiyalari, raqamli texnologiyalar, raqamli oʼqitish taʼlim tizimi, masofaviy platformalar, Internet tarmogʼi. Keywords, raqamli transformatsiya, raqamli transformatsiya tendentsiyalari, raqamli texnologiyalar, raqamli oʼqitish taʼlim tizimi, masofaviy platformalar, Internet tarmogʼi. KeywordsAbstrak
Mazkur maqolada oliy ta’limda raqamli transformatsiya va raqamli texnogiyalar,
raqamli tranformatsiyaning oliy ta’limga ta’siri, afzalliklari, kamchiliklari, shu bilan birga
raqamli texnologiyalardan foydalangan holda masofaviy ta’limni samarali yoʼlga qoʼyish
borasida toʼsqinlik qilayotgan muammolar va ularni yechish boʼyicha takliflar yoritib
berilgan. Bundan tashqari, maqolada ta'kidlanganidek, raqamli texnologik yechimlar
nafaqat universitet professor-o'qituvchilari va talabalari o'rtasidagi muloqotni
optimallashtirishda, balki o'quv jarayonini kuzatishda va samarali boshqaruv qarorlarini
qabul qilishda universitet rahbariyatiga ishonchli yordamchi bo'lib xizmat qiladi.
Shuningdek, raqamli foydalanish tajribasi va ilg'or pedagogik texnologiyalar shuni
ko'rsatdiki, zamonaviy davrda o'quv jarayonida va universitetning boshqaruv faoliyatida
professor-o'qituvchilar tarkibining talabalar bilan yuzma-yuz muloqotini birlashtirish va eng
yangi raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish muhim ahamiyatga ega.