О журнале

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi – talabalar nigohida” mavzusidagi talabalar ilmiy-amaliy konferensiyasi tashkil etilmoqda.

Konferensiyani o‘tkazish kuni va vaqti: 2023-yil 20-aprel, soat 10:00

Konferensiya rasmiy tillari – o‘zbek, rus, ingliz.

 

Konferensiya quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha ish olib boradi:

1-sho‘ba:

Yashil iqtisodiyot va makroiqtisodiy barqarorlikni taminlash, sanoat tarmoqlarida energiya samaradorligini oshirish hamda inson kapitalini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari (Iqtisodiyot fakulteti).

2-sho‘ba:

Tashqi savdo munosabatlarini rivojlantirish va banklarning xalqaro moliya institutlari bilan integratsiyasini oshirishning ilmiy-amaliy asoslari (Korporativ boshqaruv fakulteti).

3-sho‘ba:

Buxgalteriya hisobi va audit xalqaro standartlar asosida tashkil qilishda taraqqiyot strategiyasining o‘rni (Moliya va buxgalteriya hisobi fakulteti).

4-sho‘ba:

Yangi O‘zbekistonda turizm sohasini rivojlantirish muammolari va yechimlari (Xalqaro turizm fakulteti).

5-sho‘ba:

Ta’lim tizimining raqamli transformatsiyasi: muammolar va yechimlar (Raqamli iqtisodiyot fakulteti).

6-sho‘ba:

Innovatsion iqtisodiyotning rivojlantirish tendensiyalari: zamonaviy yondashuv va istiqbollar (To‘rtko‘l fakulteti).

7-sho‘ba:

Taraqqiyot strategiyasini rivojlantirishda, investitsion faollik va innovatsion rivojlanish istiqbollari (Sirtqi boʻlim).

8-sho‘ba:

Yangi O‘zbekistonda oliy ta’lim sifatini oshirishda talabalarning o‘rni (TDIU va UrDIU qo‘shma ta’lim dasturi fakulteti).

9-sho‘ba:

Yangi O‘zbekistonda ta’lim sohasidagi xalqaro integratsiyaning dolzarb masalalari (TDIU-Pendidikan xalqaro qo‘shma ta’lim dasturi bo‘limi).

 

Konferensiyaga taqdim etiladigan ilmiy maqolalar va tezislarni rasmiylashtirish talablari:

  • word dasturining RTF formatida Times New Roman (rus, o‘zbek va ingliz tillarida) 14 shriftda, chap, o‘ng, yuqori va pastki chegaralari 2,0 sm, 1 interval, (3-6 sahifadan iborat, elektron variantda), shuningdek maqolalarni ilmiy rahbari bilan kelishgan holda 2023-yil 31-martgacha elektron manzil orqali qabul qilinadi.
  • yuqorida o‘ng burchakda (muallif) talabaning to‘liq familiyasi, ismi-sharifi, fakulteti, guruhi va kursi yoziladi;
  • ilmiy maqola nomi esa o‘rtada (qalin harflar bilan) yoziladi;
  • material nomidan so‘ng qisqacha annotatsiya yoziladi (2-3 qator);
  • ilmiy maqolada rasm, jadval yoki grafik bo‘lishi tavsiya etiladi. Barcha rasm va grafiklar raqami hamda nomi ularning pastida, jadvallar raqami va nomi esa tepa qismida o‘ng tomonda bo‘lishi kerak;
  • jadval, rasm va grafiklarda manbalar va matnda ularga havolalar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak;
  • havolalar (snoskalar) matn ichida [1], [2] tarzida to‘rtburchak qavs ichida berilib, uning manbasi, foydalanilgan adabiyotlar qismida ko‘rsatilishi kerak.

 

Konferensiyaga taqdim etilayotgan Ilmiy maqola uchun Ilmiy rahbar taqrizi bo‘lishi tavsiya etiladi.

Ko‘rsatilgan talablarga javob bermagan va belgilangan muddatda taqdim etilmagan maqolalar toʻplamga kiritilmaydi.