MINTAQANI BARQAROR RIVOJLANISHIDA ENERGIYA SAMARADORLIK OMILI AHAMIYATI

Authors

  • Gulshoda Qalandarova Tashkent State University of Economics

Abstract

Dunyoda energiya muammosini hal etish, aholi va ishlab chiqarishni elektr energiyasi bilan uzluksiz taʼminlash, energiya ishlab chiqarishda atrof-muhitga taʼsirini kamaytirish, tabiiy xom-ashyo resurslaridan oqilona foydalanish kabi masalalarga alohida eʼtibor berilmoqda. Jahonda tabiiy resurslar imkoniyatlarini oʻrganish va ulardan oqilona foydalanish, mahalliy tabiiy va atrof-muhitga salbiy taʼsiri kam boʻlgan xom ashyo resurslarini qayta ishlash asosida arzon elektr energiya olish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni hududiy tashkil etishga qaratilgan muammolarga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Agar biz qayta tiklanadigan energiya manbalarining oʻrnatilgan quvvatining tuzilishini koʻrib chiqsak, dunyoda 2050-yilda joriy davr bilan taqqoslaganda quyosh energiyasi quvvati 2,5 baravar koʻpayadi va oʻrnatilgan quvvatning 50% dan ortigʻi quyosh energiyasiga toʻgʻri keladi[1]. Shuningdek, muntazam oʻsib borayotgan aholini arzon, ekologik toza, elektr energiya bilan taʼminlashda ekologiya, tabiat salbiy oqibatlarni oldini olishga boʻlgan ehtiyojlarini qondirishning eng asosiy omili energiya samaradorligini oshirishga ustuvor ahamiyat berilmoqda.

Downloads

Published

2023-06-11

How to Cite

Qalandarova , G. (2023). MINTAQANI BARQAROR RIVOJLANISHIDA ENERGIYA SAMARADORLIK OMILI AHAMIYATI. "Milliy Iqtisodiyotni Isloh Qilish Va Barqaror Rivojlantirish istiqbollari" Respublika Ilmiy-Amaliy Konferensiyasi Materiallari to‘plami., 416–417. Retrieved from http://conference.tsue.uz/index.php/article/article/view/413