QORAQALPOĠISTONDA FERMER XO‘JALIKLARINING RIVOJLANISHI VA FAOLIYATI SAMARADORLIGI

Authors

  • Z Reymbaeva

Abstract

Yurtimiz mustaqillikka erishgandan so‘ng dastlabki qadam, yuqoridagi paragaraflarida taʼkidlab o‘tganimizdek, bozor munosabatlarga asoslangan iqtisodiyotga o‘tish, yaʻniy xo‘jalik yuritishning barcha shakllari uchun teng iqtisodiy shart-sharoitlar yaratish, xususiy mulkchilikni shakllantirish va rivojlantirish hamda mulkdorlar mustaqil faoliyat yuritishi uchun zarur bo‘lgan tashkiliy, iqtisodiy, huquqiy asoslarni va institutsional tuzilmalarni barpo etish bilan tavsiflanadi. Agrar sohada bosqichma-bosqich olib borilgan islohotlar, xususan ana shu amalga oshirilgan ishlar natijasida xususiy mulkchilikka asoslangan turli toifadagi xo‘jaliklar tashkil etildi va faoliyat ko‘rsata boshladi. Shuni taʼkidlash kerakki, ohirgi yillarda fermer xo‘jaliklarini tashkil etish va ularni rivojlantirish uctuvor vazifaga aylandi. Shuningdek, kelgusi yillarda qishloq xo‘jaligida olib boriladigan o‘zgarishlarning asosiy vazifasi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini tashkil etish, qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi va chorvachilik mahsuldorligi oshirish negizida mahsulot etishtirish hajmining izchil o‘sib borishini ta‘minlashning asosiy shakli bo‘lgan fermerlik institutini yanada mustahkamlash va rivojlantirish bo‘ladi.

Downloads

Published

2023-06-11

How to Cite

Reymbaeva, . Z. (2023). QORAQALPOĠISTONDA FERMER XO‘JALIKLARINING RIVOJLANISHI VA FAOLIYATI SAMARADORLIGI. "Milliy Iqtisodiyotni Isloh Qilish Va Barqaror Rivojlantirish istiqbollari" Respublika Ilmiy-Amaliy Konferensiyasi Materiallari to‘plami., 401–404. Retrieved from http://conference.tsue.uz/index.php/article/article/view/408