HUDUDLARNI RIVOJLANTIRISHDA SHAHARLAR SALOHIYATINI OSHIRISH ISTIQBOLLARI

Authors

  • Madina Rahimova

Abstract

O‘zbekiston shaharlarida xizmat ko‘rsatish bo‘yicha korxonalar Toshkent shahri bilan qiyoslaganda sust rivojlanmoqda. Jumladan, xizmatlar tarmog‘i YIMga qo‘shilgan qiymatining 1/5 qismidan ortig‘i Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri keladi. Konsentratsiya darajasi ayniqsa savdo, yashash va ovqatlanish bo`yicha xizmatlar sohasida yuqori bo‘lib, 2022-yilda poytaxtning bu tarmoqdagi ulushi 35 foizdan oshdi. Mamlakat bo‘yicha jami shahar aholisining 16 foizi Toshkent shahrida doimiy ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, bu raqamlar tarkibiy o‘zgarishlar orqali hududlarda urbanizatsiya darajasini oshirish zaruratidan dalolat beradi. Shularni inobatga olib, mazkur tadqiqotda O‘zbekistonda urbanizatsiya darajasi va amalga oshirilgan tarkibiy o‘zgarishlar o‘rtasidagi sabab-oqibat aloqdorligi tahlil qilindi. Natijalar tarkibiy o‘zgarishlar urbanizatsiyani oshirishga xizmat qilayotgani, biroq urbanizatsiya darajasining oshishi iqtisodiyotning tarkibiy tuzilmasi o‘zgarishiga sabab bo‘lmayotganini ko‘rsatdi.

Downloads

Published

2023-06-11

How to Cite

Rahimova , M. (2023). HUDUDLARNI RIVOJLANTIRISHDA SHAHARLAR SALOHIYATINI OSHIRISH ISTIQBOLLARI. "Milliy Iqtisodiyotni Isloh Qilish Va Barqaror Rivojlantirish istiqbollari" Respublika Ilmiy-Amaliy Konferensiyasi Materiallari to‘plami., 398–401. Retrieved from http://conference.tsue.uz/index.php/article/article/view/407