SUG‘URTA FAOLIYATINI TARTIBGA SOLISHGA OID SOLVENCY II XALQARO STANDARTI VA UNI O‘ZBEKISTON SUG‘URTA FAOLIYATIGA TATBIQ ETISH YO‘NALISHLARI
Abstract
Sug‘urta kompaniyasining to‘lov qobiliyati mustahkam bo‘lishidan, nafaqat davlat, balki ko‘p sonli sug‘urta mahsuloti iste’molchilari ham manfaatdordir. Tan olish kerakki, ko‘pgina davlatlarda, xususan, O‘zbekiston sug‘urta amaliyotida sug‘urta kompaniyalarining to‘lov qobiliyatini baholash va tegishli me’yorlarni belgilash Yevropa Iqtisodiy Hamjamiyati (Yevropa Ittifoqining sobiq nomi) Kengashining 1973-yil 24-iyuldagi “Hayot sug‘urtasidan tashqari, umumiy sug‘urta faoliyatiga doir qonunlar, qarorlar va ma’muriy qoidalarni muvofiqlashtirish to‘g‘risida”gi 73/239/EEC (First Council Directive of 24 July 1973 On the coordination of Laws, Regulations and administrative provisions relating to the taking-up and pursuit of the business of direct insurance other than life assurance) birinchi Direktivasiga asosan amalga oshirib kelinmoqda