IJTIMOIY MEHNAT MUNOSABATLARIDA YOSHLARNING ISH BILAN BANDLIGINI TA’MINLASH
Abstract
Aholini ish bilan ta’minlash inson ijtimoiy rivojlanishining eng muhim jihatlaridan biri bo‘lib, u mehnat masalalari bilan bog‘liq muammolarni hamda mehnatga bo‘lgan taklif va talablarni qondirish yo‘llarini ochib beradi. Shuning uchun bugungi kunda yoshlarni bandligini ta’minlash maqsadida mamlakatimiz yangi loyihalarni amalga oshirmoqda. Iqtisodiy taraqqiyot va inson salohiyatini rivojlantirishda aholini ish bilan bandligi muhim omil hisoblanadi. Aholini ish bilan bandligini ta’minlash uning takror ishlab chiqarilishi uchun zarur shartdir. Chunki kishilarning turmush darajasi, iqtisodiyot sohalari va tarmoqlari uchun kadrlar tanlash, tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasin oshirish, ishga joylashtirish, ishsizlarni moddiy va psixologik jihatdan qo‘llab-quvvatlash uchun qilinadigan sarflar aholini ish bilan ta’minlanishiga bog‘liqdir. Shuning uchun aholini ish bilan bandligini ta’minlashning ijtimoiy-iqtisodiy va tashkiliy jihatlarini tadqiq etish bugungi kundagi ijtimoiy-iqtisodiy muammo sifatida alohida ahamiyatga egadir.