O’ZBEKISTONDA INSON KAPITALINI TAKOMILLASHTIRISH VA AHOLI TURMUSH DARAJASINI OSHIRISH YO’NALISHLARI

Authors

  • Muazzam Bahriddinova НИЦ “Научные основы и проблемы развития экономики Узбекистана» при Ташкентском государственном экономическом университете

Abstract

Inson resurslaridan foydalanish va uni rivojlantirishning yangi modeli insonga asosiy ishlab chiqaruchi kuch va moddiy neʼmatlarning isteʼmolchisi sifatida qaraydi. Har qanday mamlakatning kelajagi tobora iqtisodiy jarayonlarning oʼsishini taʼminlovchi asosiy omilga aylanib borayotgan insonning yaratuvchanlik qobiliyatlarining sifat oʼzgarishlari bilan bevosita bogʼliq. Inson salohiyati jamiyat milliy boyligining bir qismini tashkil etadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida insonning ijodiy va ishlab chiqaruvchi kuchlari inson kapitali sifatida maydonga chiqadi. Shu nuqtai nazardan ham atrof-muhitni oʼzgartira oladigan insonni va uning imkoniyatlarini toʼliq oʼrganish fanning markaziy masalalaridan biridir. Iqtisodiyotning har qanday sohasida, har qanday mansabda insonning ish qobiliyati uning sogʼligʼiga bogʼliq. Iqtisodiyotda shakllanayotgan innovatsion oʼzgarishlar yangi sifatdagi malakali ishchi kuchini talab qiladi. Shu sababdan ham ishchilarga faqatgina maʼlum bilimlar va malakalarni oʼrgatish emas, balki ularni yangi gʼoyalarni, texnik ishlanmalarni qabul qila olishga oʼrgatish va oʼzlarining ish joylarining oʼziga xos xususiyatlariga ham tez moslasha olishlariga erishish kerak.

Downloads

Published

2023-06-11

How to Cite

Bahriddinova, . M. (2023). O’ZBEKISTONDA INSON KAPITALINI TAKOMILLASHTIRISH VA AHOLI TURMUSH DARAJASINI OSHIRISH YO’NALISHLARI. "Milliy Iqtisodiyotni Isloh Qilish Va Barqaror Rivojlantirish istiqbollari" Respublika Ilmiy-Amaliy Konferensiyasi Materiallari to‘plami., 339–341. Retrieved from http://conference.tsue.uz/index.php/article/article/view/326