TADBIRKORLIK TIZIMINI BARQARORLIGI, IQTISODIY XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHDA INSON KAPITALI VA O‘RTA SINFI AHAMIYATINING OSHIB BORISHI

Authors

  • Madina Karimova Urganch Davlat Universiteti

Abstract

Innovasion rivojlanish sharoitida uning muhim omili hisoblangan tadbirkorlik tizimning barqaror va xavfsiz faoliyat olib borishi dolzarb masalalardan hisoblanadi. Tadbirkorlik tizimi bir vaqtda iqtisodiyot, jamiyat va atrof-muhiti barqarorligining boshlang‘ich bo‘g‘ini hamda vositasi sifatida qaralmoqda. Jahonda tadbirkorlik sub’yektlari soni umumiy faoliyat yuritayotgan korxonalar ulushida, ularning mamlakat yalpi ichki mahsulotdagi va aholi bandligidagi ulushlari, shuningdek tadbirkorlik tabaqasining asosi bo‘lgan jamiyat o‘rta sinfining ham ulushi rivojlangan mamlakatlarda o‘sib bormoqda. Jumladan, tadbirkorlik sub’yektlarning soni ularda umumiy korxonalarning 90 foizidan oshig‘ini, YAIMining 52-70 foizini va mehnatga layoqatli aholi bandligini o‘rtacha 41-79 foizini tashkil qilmoqda va tadbirkorlik tizimi ular iqtisodiyoti rivoji, jamiyat hamjihatligi va ekologik mutanosiblikni ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Downloads

Published

2023-06-11

How to Cite

Karimova, M. (2023). TADBIRKORLIK TIZIMINI BARQARORLIGI, IQTISODIY XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHDA INSON KAPITALI VA O‘RTA SINFI AHAMIYATINING OSHIB BORISHI. "Milliy Iqtisodiyotni Isloh Qilish Va Barqaror Rivojlantirish istiqbollari" Respublika Ilmiy-Amaliy Konferensiyasi Materiallari to‘plami., 355–357. Retrieved from http://conference.tsue.uz/index.php/article/article/view/299